Koreya Respublikasi Elchisi JIDUga tashrif buyurdi
Koreya Respublikasi Elchisi JIDUga tashrif buyurdi
Joriy yilning 16-iyul kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Von Do Yon tashrif buyurdi.
Oliy martabali diplomat bilan Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, JIDU rektori Sodiq Safoyev uchrashdi.
Tashrif mobaynida tomonlar JIDU va Janubiy Koreyaning yetakchi universitetlari o‘rtasida ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlik qilish masalalarini muhokama qildilar.
S.Safoyev yangi elchiga o‘z missiyasida muvaffaqiyatlar tiladiva O‘zbekiston-Koreya hamkorligini yanada mustahkamlash va JIDU bilan hamkorlikni kengaytirishga ishonch bildirdi.
O‘z navbatida, Von Do Yon samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, ko‘p qirrali munosabatlarni chuqurlashtirishdan samimiy manfaatdor ekanligini ta’kidlab o‘tdi.