JIDUda akademik litsey o‘quvchilari uchun “Rektor soati” bo‘lib o‘tdi
JIDUda akademik litsey o‘quvchilari uchun “Rektor soati” bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 8 oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida JIDU akademik litseyining 1-bosqich talabalari uchun “Rektor soati” o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, JIDU rektori Sodiq Safoyev akademik litseyining barcha yoshlarga o‘qishlarida muvaffaqiyatlar tiladi va kelgusida o‘zlari tanlagan sohada malakali mutaxassislar bo'lishlariga umid bildirdi.
Litsey hayotidagi faol ishtiroki uchun rektor tomonidan 1-kurs guruh rahbarlariga kitoblar sovg‘a qilindi.
Tadbir doirasida akademik litseyning 2023-2024 o'quv yilida fan olimpiadalari, tanlovlar va sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishgan, shuningdek, jamoat ishlarida faol ishtirok etgan, barcha fanlarni "a'lo" baholar bilan o'zlashtirgan sakkiz nafar o‘quvchining taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Mukofot sifatida ularga “Akademik litseyi iftixori” stipendiyalari topshirildi.
“Rektor soati” talabalarni o‘qish va ijtimoiy faoliyatda muvaffaqiyat qozonishga undaydigan unutilmas voqeaga aylandi.