G‘arbiy Jorjiya universiteti (AQSh) professori JIDU talabalari uchun mahorat darsi o‘tkazdi
G‘arbiy Jorjiya universiteti (AQSh) professori JIDU talabalari uchun mahorat darsi o‘tkazdi
2024-yil 29-oktabr kuni “Siyosiy tahlil va prognozlash” fani doirasida “Xalqaro munosabatlar” fakulteti 3-kurs talabalari uchun G‘arbiy Jorjiya (AQSh) universiteti professorlari Nima Nuri va Anna Gakur-Parker ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi..
Tadbir “AQShning Yaqin Sharqdagi yumshoq kuchi: ta’lim yo‘nalishi misolida” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, interaktiv formatda, jumladan, savol-javob tarzida o‘tkazildi. Ma’ruzachi Amerika universitetlarining Yaqin Sharqdagi siyosatining o‘ziga xos jihatlari, mintaqa jamiyatlarida AQShning yumshoq kuchining ta’lim orqali namoyon bo‘lishiga munosabati haqida gapirdi.
Ma’ruza do‘stona ruhda o‘tdi, faol fikr almashildi. Tadbir talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Sana: | 29.10.2024 |
Ko'rganlar soni: | 103 |
Ulashish: |