JIDUda vatanparvarlik tarbiyasiga qo‘shgan hissasi uchun mukofotlash marosimi bo‘lib o‘tdi

    Joriy yilning 25-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 2023-2024-o‘quv yili davomida o‘tkazilgan vatanparvarlik tadbirlarini tashkil etishda faol ishtirok etgani uchun taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

    Toshkent harbiy okrugi qo‘mondonligi vakili Qaxramonjon Ziyadinov va JIDU Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Odil Yusufjonov guruh rahbarlari Miravaz Turgunov, Umid G‘afurov, Maqsudjon Mansurovga, shuningdek, Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakultetining 3-kurs talabasi Behruzjon Avalboyevga tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alarini topshirdilar.

    Ushbu e’tirof ularning faol ishtiroki va talabalar o‘rtasida vatanparvarlik va ma’naviyatni rivojlantirishga qo‘shgan muhim hissasi uchun munosib mukofotga aylandi.

    Toshkent harbiy okrugi qo‘mondonligi tomonidan mukofotga sazovor bo‘lganlarning barchasi o‘quv yili davomida yuqori darajadagi mas’uliyat va tashkiliy qobiliyatlarni namoyish etib, universitetda vatanparvarlik tadbirlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishga yordam berdi.

         Tadbir yakunida kelgusida ham Toshkent harbiy okrugi qo‘mondonligi hamda JIDU birgalikda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha muntazam tadbirlar o‘tkazishi ta’kidlandi.