JIDU vakili arab tili bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etdi
JIDU vakili arab tili bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etdi
Joriy yilning 10-12 oktabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti va Bosh vaziri shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum shafe'iligida Dubay shahrida arab tili bo‘yicha xalqaro konferentsiya bo‘lib o‘tdi.
Konferentsiya doirasida tashkil etilgan “Arab mamlakatlarida milliy va lisoniy xavfsizlik” mavzusidagi ilmiy-amaliy simpoziumda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Til ta'limi markazi boshlig‘i Lutfulla Xodjayev ma'ruza bilan qatnashdi.
Ta’kidlash joizki, ushbu nufuzli anjumanda 85 mamlakatdan jami 2000 kishi, jumladan 50 ga yaqin xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar vakillari (YuNESKO, Islom hamkorlik tashkiloti, AYSESKO va boshqalar), 185 xorijiy universitet professor-o‘qituvchilari hamda 50 ta xalqaro e'tirof etilgan ilmiy jurnallar bosh muharrirlari ishtirok etdi.