JIDU Turkiyaning yetakchi universiteti bilan hamkorlik o‘rnatmoqda

JIDU Turkiyaning yetakchi universiteti bilan hamkorlik o‘rnatmoqda

    JIDU Turkiyaning yetakchi universiteti bilan hamkorlik o‘rnatmoqda

    JIDU Turkiyaning yetakchi universiteti bilan hamkorlik o‘rnatmoqda

    Joriy yilning 13-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Yildirim Beyazit universiteti (YBU, Turkiya) rektori Ali Cengiz Koseoglu bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

    Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, JIDU rektori Sodiq Safoyev mehmonni qutlar ekan, ikki oliy o‘quv yurti o‘rtasidagi hamkorlik muhimligini ta’kidladi.

    O‘z navbatida YBU rektori JIDU bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga katta qiziqish bildirdi.

    Uchrashuv davomida akademik almashinuv imkoniyatlari, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalari, professor-o‘qituvchilar uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish, shuningdek, ikki tomonlama diplom berish istiqbollari batafsil muhokama qilindi.

    Uchrashuv yakunlari bo‘yicha o‘zaro anglashuv Memorandumi imzolandi. Tomonlar yaqin hamkorlik va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish har ikki universitetda ta’lim va ilmiy tadqiqotlar darajasini oshirishiga ishonch bildirdi.

    Ma’lumot uchun. Yildirim Beyazit universiteti-Anqarada joylashgan davlat notijorat ta'lim muassasasi. Universitet THE mustaqil universitet reytingining eng yaxshi 1500 taligiga kiradi.