“Ma’naviyat va ma’rifat – milliy yuksalish poydevori” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi
“Ma’naviyat va ma’rifat – milliy yuksalish poydevori” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi
Joriy yilning 28-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Ma’naviyat va ma’rifat – milliy yuksalish poydevori” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Ushbu ochiq muloqot jarayonida davlatni rivojlanishi bo‘lgan ikki ustundan biri – ma’naviyat mavzusiga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Qolaversa, davra suhbati jarayonida “Jamyatimizda moddiyot ustunlik qilyaptimi yoki ma’naviyat?” hamda “Yosh avlodni tarbiyalash jarayonida qanday xatolarga yo‘l qo‘yyapmiz?” kabi savollarga javob topildi.
Interaktiv davra suhbati jarayonida jamiyat, ayniqsa, yoshlar ongida mafkuraviy immunitetni mustahkamlashga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlarini yangicha mexanizmini ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish masalalari ham muhokama mavzularidan biri bo‘ldi. Ayniqsa, yosh avlodning intellektual salohiyatlarini, dunyoqarashini va ongu-tafakkurini mustahkamlash g‘oyalari ham ilgari surildi.
Tadbir so‘nggida nafaqat yoshlarga, balki millatga, Vatanga muhabbat, jonkuyarlik va sadoqat tuyg‘usini ongiga singdirish kun mavzusi bo‘lishi kerakligiga alohida e’tibor qaratilishi zarurligi ta’kidlab o‘tildi.
Sana: | 28.12.2023 |
Ko'rganlar soni: | 4606 |
Ulashish: |