O‘zbekiston delegatsiyasi Ar-Riyoddagi Qirol Saud universitetiga tashrif buyurdi
O‘zbekiston delegatsiyasi Ar-Riyoddagi Qirol Saud universitetiga tashrif buyurdi
Kuni kecha Saudiya Arabistoniga tashrifi doirasida Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Sodiq Safoyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Saudiya Arabistoni Qirollik universiteti rektori Badron al-Umar bilan uchrashdi.
Muzokaralar avvalida Badron al-Umar har tomonlama munosabatlarni rivojlantirishda ikki davlat rahbarlari o‘rtasida mustahkamlangan o‘zaro ishonch va do‘stona munosabatlar muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi. Xususan, oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda.
Badron al-Umar Saudiya Arabistoni rahbariyati Markaziy Osiyo davlatlari orasida O‘zbekiston bilan munosabatlarni rivojlantirishga ustuvor ahamiyat qaratishini ta’kidladi. Bugungi O‘zbekiston hududidan chiqqan Imom Buxoriy, Imom at-Termiziy, az-Zamaxshariy va boshqa buyuk alloma va mutafakkirlarning islom sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qo‘shgani e’tirof etiladi. Shuningdek, u “o‘zbek xalqi bu ajdodlar avlodi ekanidan faxrlansa, ular yaratgan mashhur va betakror asarlar arab tilida yozilganidan faxrlanamiz”, deya ta’kidladi.
Saudiyalik olim O‘zbekistonda fan va ta’limni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xususan, mamlakatimizning qator oliy ta’lim muassasalarida xorijiy tillar, jumladan, arab tili o‘qitilayotganini ham yuksak baholadi.
Eslatib o‘tamiz, Qirol Saud universiteti mamlakat tarixida birinchi bo‘lib tashkil etilgan bo‘lib, tashqi siyosat va xalqaro hamkorlik sohasida kadrlar tayyorlaydigan asosiy oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. JIDU Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, shuningdek, boshqa vazirlik va idoralar uchun malakali kadrlar tayyorlaydi. Shu munosabat bilan arab tilini o‘qitish sifatini oshirish, arab tili o‘qituvchilarining malakasini oshirish bo‘yicha qisqa muddatli kurslar tashkil etish, qo‘shma darslik va o‘quv qo‘llanmalar tayyorlash hamda boshqa dolzarb jihatlar bo‘yicha hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha ikki oliy oʻquv yurti oʻrtasida imzolanadigan oʻzaro anglashuv memorandumi loyihasini tayyorlash boʻyicha kelishuvga erishildi.