“Wisdom Game” o‘yini ommalashib bormoqda
“Wisdom Game” o‘yini ommalashib bormoqda
Joriy yilning 20-dekabrda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti yotoqxonasi foyesida JIDU qoshidagi Akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida navbatdagi "Wisdom Game" interaktiv-intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Mazkur o‘yin qoidalari litsey o‘quvchilari tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, yoshlarda intellektual qobiliyatlar, mantiqiy fikrlash, ijodkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.
Bo‘lib o‘tgan tadbirda Akademik litsey o‘quvchilaridan iborat 12 jamoa ishtirok etdi. O‘yin davomida o‘quvchilar mantiqiy savollarga javob berishdi, rebuslar va topishmoqlarni yechishdi, tarix, adabiyot, musiqa, kino sohalarida o‘z bilimlarini namoyon qilishdi.
Qiziqarli o‘tgan musobaqada АФР3-24 jamoasi g‘olib deb topildi va "Wisdom Game" kubogini qo‘lga kiritdi.
O‘yinda faol ishtirok etgan boshqa jamoalar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.