JIDUda “Axborot hujumidan himoya” masalalari bo‘yicha “Ruxan tetiklik deganda nimani tushunasiz?” mavzusidagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi
JIDUda “Axborot hujumidan himoya” masalalari bo‘yicha “Ruxan tetiklik deganda nimani tushunasiz?” mavzusidagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 12-noyabr kuni JIDU Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi va Besh muhim tashabbus markazi boshchiligida talaba-qizlar bilan odob-axloq hamda jamiyatdagi “Axborot hujumidan himoya” masalalari bo‘yicha “Ruxan tetiklik deganda nimani tushunasiz?” mavzusida profilaktik uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbirga Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB XPB 5-IIB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori podpolkovnik F.C.Jumanazarova, tuman XPB Kiber jinoyatlarni oldini olish bo‘linmasi boshlig‘i D.T.Tursunov, tuman 3-IIB katta leytenant F.A.Mavjudova, universitet profilaktika noziri katta leytenant Sh.Boymatov hamda JIDU xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilari taklif qilindi.
Tadbirda so‘z olganlar bugungi aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish, globallashuv jarayonida inson ma’naviyatiga qarshi yo‘naltirilgan axborotlar, ularning salbiy oqibatlaridan yoshlarimizni himoya qilish haqida so‘z yuritdi.
Davra suhbatida axborot xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan eng muhim vazifalar haqida so‘z borar ekan, bunda talaba-qizlarimizda axborot olish madaniyatini shakllantirish, xususan, internet tarmog‘idan foydalanganda qonun va axloq me’yorlariga rioya qilishni, mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, internet tarmog‘iga axborotni joylashtirish, tarqatish, izlash, foydalanish kabi xususiyatlarni o‘z ichiga olgan axborot xavfsizligi va internet savodxonligini mukammal o‘zlashtirishlarini hamda bu boradagi tegishli huquqiy va tashkiliy tavsiyalarni yanada takomillashtirish lozimligi qayd etildi.
Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, qobiliyat va iste’dodini ro‘yobga chiqarish, ularning muammolari bilan muntazam ravishda shug‘ullanish, xususan, qiz bolalarni mustaqil hayotga tayyorlash bilan bog‘liq vazifalarni amalga oshirishda doimiy suhbatlar olib borilishi foydali bo‘lishi alohida ta’kidlab o‘tildi.
Ma’ruza yakunida talabalar ma’ruzachilarga o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berib, atroflicha javob oldilar.