JIDU vakillari va O‘zbekiston Respublikasining Ispaniya Qirolligidagi elchixonasi xodimlari bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    Joriy yilning 8-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti vakillari va O‘zbekiston Respublikasining Ispaniya Qirolligidagi elchixonasi xodimlari bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Uchrashuvda Roman-german tillari kafedrasi mudiri Vasila Mamatkasimova, Xalqaro bo‘lim boshlig‘i Gavhar Mirxalilova va ispan tili o‘qituvchisi Maxbuba Sadikovalar ishtirok etishdi.

    Suhbat chog‘ida so‘nggi yillar davomida O‘zbekiston va Ispaniya o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik yangi, ko‘p qirrali bosqichga ko‘tarilgani va juda samarali mohiyat kasb etgani taʼkidlandi.

    Ispan tilini o‘qitish sohasida Ispaniyadagi o‘quv yurtlari bilan hamkorlik masalasi haqida gapirildi. Ispan tilini o'rganish bo'yicha dunyodagi eng yirik markaz bo'lgan Servantes instituti (Instituto Cervantes)ni JIDU qoshida ochilishi rejalari muhokama qilindi.

    Uchrashuv yakunida JIDU va  O‘zbekiston Respublikasining Ispaniya Qirolligidagi elchixonasi o‘rtasidagi munosabatlarning yanada muvaffaqiyatli rivojlanishi va erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishiga ishonch bildirildi.