JIDU vakillari va O‘zbekiston Respublikasining Italiyadagi elchixonasi xodimlari o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi
JIDU vakillari va O‘zbekiston Respublikasining Italiyadagi elchixonasi xodimlari o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 7-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O‘zbekiston Respublikasining Italiyadagi elchixonasi attashesi Doston Omonov bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Roman-german tillari kafedrasi mudiri Vasila Mamatkasimova, O‘quv uslubiy bo‘lim boshlig‘i Uchqun Dustov, Til ta’limi markazi rahbari Lutfiddin Xodjaev, Xalqaro bo‘lim boshlig‘i Gavhar Mirxalilova va italyan tili o‘qituvchisi Muborak Madraximovalar ishtirok etdilar.
Suhbat chog‘ida tomonlarni qiziqtirgan masalalar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari va istiqbollari muhokama qilindi.
Italyan tilini o‘qitish sohasida Italiyadagi o‘quv yurtlari bilan hamkorlik masalasi haqida gapirildi. O‘quv jarayoniga italiyalik mutaxassislarni jalb qilish, universitet kutubxona fondini italyan tilini o‘qitish bo‘yicha darsliklar, iqtisodiyot, huquq va xalqaro munosabatlarga oid yangi adabiyotlar bilan ta’minlash bo‘yicha takliflar bildirildi.
Uchrashuv ishtirokchilari tadbirning muhimligini ta’kidlab, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti va O‘zbekiston Respublikasining Italiyadagi elchixonasi o‘rtasida kelgusida hamkorlik istiqbollari bo‘yicha kelishuvga erishdilar.