Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida madaniyatlararo muloqotlar festivali bo‘lib o‘tdi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida madaniyatlararo muloqotlar festivali bo‘lib o‘tdi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida ingliz tili kafedrasi tomonidan tashkil etilgan madaniyatlararo muloqotlar festivali bo‘lib o‘tdi. Unda JIDU professor-o‘qituvchilari va talabalari, shuningdek, xalqaro tashkilot vakillari ishtirok etdi.
Tadbir doirasida birinchi kurs talabalari dunyoning 11 mamlakati madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlarini namoyish etdilar.
Festival uch qismdan iborat edi: madaniyat yarmarkasi va mamlakat taqdimoti, rolli o‘yin shaklida an’analarni namoyish etish va milliy raqs yoki qo‘shiqni ijro etish.
Bayram milliy taomlar namoyishi bilan boshlandi. Keyin mamlakatlarning taqdimotlari bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar hindlarning to‘y kuni an’anasi bilan qiziqish bilan tanishib, kelin-kuyovning otashin raqsini bir ovozdan olqishladilar. Gruziya madaniyati va an’analarini, shu jumladan mashhur milliy raqsni namoyish etgan talabalar ulardan kam emas edilar. AQSh jamoasi tomoshabinlarga Gollivud dunyosiga kirib borish, amerikalik Hip-Hopni ko'rish, Bon Jovi afsonaviy rok guruhining “It’s my life” qo‘shig‘ini tinglash imkoniyatini berdi.
Tadbir ingliz tilida bo‘lib o‘tdi va talabalarni xalqaro muloqot tili dunyosiga kirishga undadi.