JIDUda “ogʻir” toifadagi yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
JIDUda “ogʻir” toifadagi yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-37-son Farmoni 1-bandi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30/1-2003-sonli topshiriq xatiga asosan “Yoshlar balansi” asosida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda oliy ta’lim muassasalari rahbarlariga “og‘ir” toifadagi yoshlarni biriktirish belgilangan.
Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash hamda “og‘ir” toifadagi yoshlar muammolarini ijobiy hal qilish, ularning hayotda o‘z o‘rinlarini topishiga ko‘maklashish maqsadida joriy yil 22-iyun kuni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor O.Yusufjonov rektorga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida O.Yusufjonov mamlakatimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, avvalambor, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgani va bu borada katta ishlar qilinayotganini alohida ta’kidladi.
Uchrashuv ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob oldilar.
Tadbir yakunda yoshlar universitet hududi, o‘quv jarayoni va sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.