JIDUda Qirg‘iz Respublikasi xotin-qizlar Kongressining faxriy a’zosi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
JIDUda Qirg‘iz Respublikasi xotin-qizlar Kongressining faxriy a’zosi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 29-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Qirg‘iziston xotin-qizlar Kongressining faxriy a’zosi, Business Soft IT-kompaniyasining bosh direktori, Markaziy Osiyo sun’iy intellekt assotsiatsiyasi (AICA) rezidenti Begaim Muxitovna ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Xotin-qizlar qo‘mitasi Kengashi va “Lider qizlar” klubi tomonidan tashkil etilgan tadbirda professor-o‘qituvchilar va JIDU talabalari ishtirok etdi.
Ushbu davra suhbatining maqsadi biznes va texnologiyalar sohasida tajriba almashish, shuningdek, ayollar yetakchiligini ommalashtirishdan iborat. Uchrashuv jonli suhbat shaklida bo'lib o‘tdi, unda qirg‘izistonlik mehmon IT sohasidagi tajribasi bilan o‘rtoqlashdi, o‘z kompaniyasining yutuqlari haqida so‘zlab berdi va bo‘lajak diplomatlarga qimmatli maslahatlar berdi.
Zamonaviy dunyoda ayol rahbarlarning roli muhimligiga alohida e’tibor qaratildi. B. Muxitovna ta'kidlashicha, ayollar tobora turli xil faoliyat sohalarida muvaffaqiyatga erishmoqdalar, jamiyat rivojiga munosib hissa qo‘shmoqdalar.