JIDU vakillari O‘zbekistonning BMTdagi vakolatxonasi xodimlari bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi
JIDU vakillari O‘zbekistonning BMTdagi vakolatxonasi xodimlari bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi
Joriy yilning 28-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti vakillari va O‘zbekiston Respublikasining BMTdagi Doimiy vakolatxonasi xodimlari o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda JIDUning fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy huquq fanlari, xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari, xalqaro munosabatlar, siyosatshunoslik, jahon iqtisodiyoti, jahon moliyasi va investitsiya kafedralari mudirlari hamda o‘quv bo‘limi mudiri va Xalqaro huquq fakulteti dekani ishtirok etishdi. Mamlakatimizning BMTdagi doimiy vakolatxonasi tomonidan maslahatchi Jahongir Irgashev va 1-kotib Oybek Eshqobilov ishtirok etdi.
Muhokama chogʻida JIDU va BMT tuzilmalari oʻrtasida samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, talabalar va universitet professor-oʻqituvchilarining ushbu nufuzli xalqaro tashkilot loyihalarida ishtirok etish imkoniyatlari koʻrib chiqildi.
BMT huzuridagi vakolatxonada ishlayotgan diplomatlar bilan uchrashuv O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-iyuldagi "Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tizimli isloh qilish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ-330-son qarorining mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari bilan hamkorlik qilish bo‘yicha ijrosini amalga oshirish doirasida tashkil etildi.Shuningdek, kun tartibida Barqaror Rivojlanish Maqsadlari (BRM)ning 17-maqsadini amalga oshirish boʻyicha “Barqaror rivojlanish boʻyicha global sheriklik doirasida amalga oshirish vositalarini kuchaytirish va ishlarni faollashtirish” vazifalari koʻrib chiqildi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar o‘zaro hamkorlikning yo‘nalishlarini, shuningdek, kelgusidagi hamkorlik rejalarini belgilab oldilar.
Sana: | 29.10.2024 |
Ko'rganlar soni: | 490 |
Ulashish: |