JIDU va Birmingem universiteti hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda

JIDU va Birmingem universiteti hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda

    JIDU va Birmingem universiteti hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda

    JIDU va Birmingem universiteti hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda

    Joriy yilning 28-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga Birmingem universitetining (Buyuk Britaniya) davlat boshqaruvi va taraqqiyot bo'yicha magistrlik dasturlari rahbari Adrian Kempbell tashrif buyurdi.

    A.Kempbell bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda JIDU rahbariyati ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlik imkoniyatlari, qo‘shma dasturlar ishlab chiqish va kelgusidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

    Adrian Kempbell talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi dasturlarini, qo‘shma ilmiy loyihalarni va ixtisoslashtirilgan o‘quv kurslarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar bildirdi.

    Britaniyalik olim JIDUda o‘quv jarayoni sifatiga e’tibor, ingliz tilida taklif etilayotgan keng ko‘lamli dasturlar, shuningdek, universitetning xalqaro maydondagi obro‘sini oshirish istagini yuqori baholadi.

    Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar ushbu yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga va imkon qadar qisqa vaqt ichida o‘z takliflarini taqdim etishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.

    Bundan tashqari, Adrian Kempbell JIDU talabalari oldida ma’ruza qildi. Ma’ruza davomida u Buyuk Britaniya siyosiy tizimi va uning xalqaro maydonga olib boradigan diplomatik aloqalari haqida gapirdi.