JIDUda yuridik klinikaning ta’lim jarayonidagi o‘rni muhokama qilindi
JIDUda yuridik klinikaning ta’lim jarayonidagi o‘rni muhokama qilindi
Joriy yilning 16-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Ta’lim jarayonida yuridik klinikaning o‘rni” mavzusida o‘quv-uslubiy seminar bo‘lib o‘tdi.
Unda nodavlat notijorat tashkilotlari va Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz vakillari, Yuridik klinika a’zolari, shuningdek, “Fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy huquq fanlari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.
Seminar davomida “Xalqaro huquq” fakulteti 2-kurs talabalari bilan ko‘rgazmali mashg‘ulotlar o‘tkazildi: amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish usullari – “refleksiya”, “huquqiy jarayonda rolli o‘yinlar” muhokama qilindi. Shuningdek, nizolarni xalqaro xususiy huquq asosida hal etish bilan bog‘liq bahsli sud ishining videotasviri namoyish etildi.
Ishtirokchilar yuristlarning huquqiy etika va xulq-atvoriga oid xalqaro konvensiya va shartnomalarda mustahkamlangan amaliy ko‘nikmalar va tavsiyalarni shakllantirish usullarini muhokama qilishdi.
Seminar yakunlari bo‘yicha yuridik klinika faoliyati metodikasini takomillashtirishning dolzarb masalalari muhokama qilinib, tavsiyalar qabul qilindi.