Germaniyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida ma’ruza qildi
Germaniyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida ma’ruza qildi
Joriy yilning 17-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti vadiplomatiya universitetida Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Tillo Klinner xalqaro mehnat migratsiyasi bo‘yicha ma’ruza qildi.
Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, JIDU rektori Sodiq Safoyev uchrashuvni ochar ekan, oliy martabali diplomatga tashrif uchun minnatdorlik bildirib, Germaniyaning mehnat migratsiyasi sohasidagi muvaffaqiyatli siyosatini hisobga olgan holda uning nutqi dolzarbligini ta’kidladi.
Ma’ruza davomida Elchi T.Klinner Germaniyaning migratsiya siyosatining kuchli va zaif tomonlariga to‘xtalib, xalqaro mehnat migratsiyasi bo‘yicha o‘z tajribasi va bilimlari bilan o‘rtoqlashdi.
Mehnat muhojirlarini mamlakatimizga jalb etish zarurligi haqida gapirar ekan, ularning nemis tilini ma’lum darajada bilishi, mehnat bozorida talab katta bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha malakaga mos kelishi muhimligini ta’kidladi.
Uchrashuv ishtirokchilaridan tashkil topgan professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va JIDU talabalar ma’ruzachiga o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berib, ularga atroflicha javob oldilar.