JIDUda Janubiy Osiyo va xalqaro tadqiqotlar markazi prezidenti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
JIDUda Janubiy Osiyo va xalqaro tadqiqotlar markazi prezidenti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 26 oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga Pokistondan mamlakatimizga parlament saylovlariga xalqaro kuzatuvchi sifatida kelgan Janubiy Osiyo va xalqaro tadqiqotlar markazi (CSAIS) prezidenti Said Xolid Amir Jaffri tashrif buyurdi.
Uchrashuv JIDU qoshidagi Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar insitutida bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda hozirgi geosiyosiy oʻzgarishlar va ularning Markaziy Osiyo va Hind-Tinch okeani mintaqasidagi siyosiy vaziyatga taʼsiri muhokama qilindi.
Muhokama chog‘ida O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi sheriklik munosabatlari mintaqalararo hamkorlik nuqtai nazaridan muhimligi ta’kidlandi. Ikki davlat Markaziy va Janubiy Osiyoni bog‘lovchi bo‘g‘in bo‘lib, mintaqada iqtisodiy rivojlanish, savdo-sotiq va barqarorlikni ta’minlashga ko‘maklashishi mumkinligi qayd etildi.
Xalqaro kuzatuvchi parlament saylovining muvaffaqiyatli o‘tishi O‘zbekistonning yanada barqaror rivojlanishi va gullab-yashnashi yo‘lidagi muhim voqea va eng muhim siyosiy qadam ekanini ta’kidladi.
Muloqot natijasida ikki tahliliy markaz o‘rtasidagi doimiy aloqalarni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.