AQShdan kelgan xalqaro kuzatuvchi bilan uchrashuv
AQShdan kelgan xalqaro kuzatuvchi bilan uchrashuv
Joriy yilning 25 oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Indiana universitetining Bloomington (AQSh) antropologiya va Markaziy Osiyo va Sharqshunoslik kafedrasi professori Nazif Shafraniy bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mamlakatimizga xalqaro kuzatuvchi sifatida tashrif buyurgan professor N.Shafraniy O‘zbekistonning demokratik taraqqiyot yo‘lidagi qadamlarini ijobiy baholab, saylovlarning shaffofligi va ochiqligi borasida sezilarli yutuqlarga erishilganini ta’kidladi. Shuningdek, u O‘zbekistonda siyosiy plyuralizm rivoji, siyosiy partiyalarning faol ishtiroki va saylovchilarning erkin tanlash imkoniyatiga e’tibor qaratdi. Professor O‘zbekistonning takomillashtirilgan saylov qonunchiligi xalqaro standartlarga moslashtirilganini ham alohida ta’kidladi.
O‘z navbatida JIDU o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Akram Umarov amerikalik olimni universitetning yosh tadqiqotchilari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga taklif qildi.
Suhbat chog‘ida Afg‘onistondagi vaziyat ham muhokama qilindi.
Uchrashuv soʻngida professor Shafraniy JIDU talabalariga oʻz bilimlari bilan oʻrtoqlashish, Afgʻoniston va xalqaro munosabatlarga oid muhim masalalarni muhokama qilish uchun maʼruza oʻqishga tayyorligini bildirdi.