Ispaniyalik professorlar JIDUda ma’ruzalar o‘qishdi
Ispaniyalik professorlar JIDUda ma’ruzalar o‘qishdi
Joriy yilning 25-oktabr kuni Ispaniya Umumyevropa assotsiatsiyasi Bosh kotibi, Rey Xuan Karlos universiteti Huquq professori Karlos Uriarte Sanches va San Pablo universiteti professori Antonio Alonso Marcos Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida JIDU talabalari uchun "Ispaniyaning siyosiy tizimi va uning Yevropa Ittifoqi a'zosi sifatida tashqi siyosatga ta'siri" mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.
Mahorat darsi davomida professor Sanches dunyodagi boshqaruv tizimlari va ularning o'ziga xosligi masalalarini yoritib bordi, O'zbekistondagi yangilanayotgan islohotlar va ularning ahamiyati, shuningdek, 27-oktabr kuni bo'lib o'tadigan saylovlarning ustuvor jihatlarini muhokama qildi.
Professor Markos Ispaniyaning demokratik siyosiy tizimi, konstitutsiyaviy monarxiyasi, parlament tizimi, ikki partiyaviylik tizimi va siyosiy madaniyatining xususiyatlarini qayd etdi. U Ispaniya siyosatining asosiy yo‘nalishlarini, jumladan, Yevropa integratsiyasi, xalqaro munosabatlar, iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy adolatni ko‘rib chiqdi.
JIDU professor-o'qituvchilari, magistrantlari va talabalari muhokamada faol ishtirok etdilar va ko'tarilgan mavzular bo'yicha o'z fikrlarini bildirdilar.
Xalqaro kuzatuvchilar ishtirokchilarning savollariga batafsil javob berib, ko'plab qimmatli va qiziqarli ma'lumotlarni taqdim etdi.
Mashhur ispan olimlari va jamoat arboblarining tashrifi JIDU talabalariga xalqaro diplomatiya va jahon siyosatidagi zamonaviy tendentsiyalar haqidagi bilimlarini chuqurlashtirish uchun noyob imkoniyat yaratdi.