Britaniyalik xalqaro kuzatuvchi F.Marakkione bilan uchrashuv
Britaniyalik xalqaro kuzatuvchi F.Marakkione bilan uchrashuv
Joriy yilning 23-oktabr kuni Sheffild universiteti Siyosiy-iqtisodiy tadqiqot institutining (Buyuk Britaniya) Markaziy Osiyo bo'yicha eksperti Frank Marakkione Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga tashrif buyurdi. Doktor Marakkione 2024 yilgi parlament saylovlarida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Uchrashuvda tomonlar Italiya, Buyuk Britaniya va JIDU o‘rtasida ta’lim va ilmiy hamkorlikni faollashtirish muhimligini ta’kidladilar. Qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, o‘quv jarayoniga xorijlik olimlarni jalb etish va tomonlar uchun o‘zaro manfaatli bo‘lgan dolzarb mavzularda hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib borish istiqbollari muhokama qilindi.
Mehmon samimiy qabul uchun minnatdorlik bilan birga JIDU bilan yanada yaqin hamkorlik qilishga tayyorligi bildirdi.
Ta’kidlash joizki, Sheffild universiteti Buyuk Britaniyaning eng nufuzli oliy taʼlim muassasalaridan biri boʻlib, 1905-yilda tashkil etilgan. 2024-yilgi “Times Higher Education” World University Rankings reytingida dunyoda 105-oʻrin va Buyuk Britaniyada 13-oʻrinni egallagan.
Sana: | 23.10.2024 |
Ko'rganlar soni: | 399 |
Ulashish: |