JIDUda toʻlov-shartnoma miqdori oshirilishiga asosnoma
JIDUda toʻlov-shartnoma miqdori oshirilishiga asosnoma
JIDUda to’lov-shartnoma miqdori oshirilishiga asosnoma
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-iyundagi «Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari» toʻgʻrisidagi PQ-3795 sonli va 2021-yil 24-dekabrdagi “Davlat oliy taʼlim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-61-son qarorlarida yuqori malakali kadrlar tayyorlash va universitetning rivojlantirish strategiyasi xarajatlarini hisobga olgan holda hamda taʼlim xizmatlari bozoridagi talab va taklifdan kelib chiqib har yili bakalavriat va magistraturada shartnoma asosida oʻqitish narxini tegishli yoʻnalish va mutaxassislik boʻyicha respublika davlat oliy taʼlim muassasalari uchun belgilangan bazaviy toʻlov-shartnoma miqdoriga nisbatan uch barovargacha oshirilgan miqdorda belgilashga ruxsat etilgan.
Mazkur qarorlarga asosan universitet toʻlov-shartnoma asosida oʻqitish narxini 2018-2019 oʻquv yilidan boshlab mustaqil belgilab kelmoqda:
Taʼlim yoʻnalishlari nomi |
Oʻquv yillari |
Stipendiyasiz shartnoma miqdori (ming soʻm) |
Stipendiyali shartnoma miqdori (ming soʻm) |
Bakalavriat |
2018-2019 |
18 385,0 |
22 116,0 |
2019-2020 |
17 316,0 |
22 116,0 |
|
2020-2021 |
15 584,0 |
20 720,4 |
|
2021-2022 (*) |
18 991,0 |
25 205,5 |
|
2022-2023 |
18 991,0 |
25 205,5 |
|
2023-2024 |
18 991,0 |
25 205,5 |
|
Magistratura |
2018-2019 |
20 597,0 |
24 327,0 |
2019-2020 |
19 527,0 |
24 327,0 |
|
2020-2021 |
17 575,0 |
22 711,0 |
|
2021-2022 (*) |
21 622,0 |
27 836,5 |
|
2022-2023 |
21 622,0 |
27 836,5 |
|
2023-2024 |
21 622,0 |
27 836,5 |
Izoh - (*) Oʻzbekistan Respublikasi davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha Davlat komissiyasi qaroriga asosan koronovirusga qarshi emlangan talabalarga 10% miqdorida chegirma berilgan.
Universitetda toʻlov-shartnoma asosida 2018-2019 oʻquv yili uchun belgilangan oʻqitish narxi hozirgi kunga qadar deyarli oʻzgarishsiz qolmoqda.
Oʻzbekistan Respublikasi davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha Davlat komissiyasi qarorlariga asosan 2022-2023 va 2023-2024 oʻquv yillari uchun shartnoma miqdorlari oʻzgarishsiz yaʼni 2021-2022-yil uchun belgilangan miqdorda qoldirilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi farmonlariga asosan xodimlar va professor-oʻqituvchilar oylik ish haqi miqdorlari 2019-yildan hozirgi kunga qadar oʻrtacha 2 (ikki) baravarga oshgan.
Shuningdek, kommunal xizmati xarajatlari (elektroenergiya, tabiiy gaz, issiqlik energiyasi, sovuq suv va boshqa xizmatlar) oʻrtacha 3 baravarga oshgan.
Yuqorida bayon etilgan omillar hamda universitetning 2024-2025-yillarda kutilayotgan xarajatlarini inobatga olgan holda, 1 kurslar uchun to’lov miqdorini 29,428 mln belgilash (2023-2024 yil hukumat tomonidan JIDU o’qitish yo’nalishlari uchun tavsiya qilingan 9,8 mln so’m miqdorning 3 karrasi) hamda 2-4 kurslar bakalvariat va magistratura yo’nalishlari uchun oʻtgan 2023-2024 oʻquv yili uchun belgilangan shartnoma miqdorini 25%ga oshirish (indeksatsiya qilish) orqali 2024-2025 oʻquv yili uchun toʻlov-shartnoma asosida oʻqitish narxini quyidagicha belgilash JIDU Kuzatuv kengashi tomonidan 2024 - yil 23 iyulda tasdiqlandi:
Taʼlim yoʻnalishlari nomi |
Stipendiyasiz shartnoma miqdori (ming soʻm) |
Stipendiyali shartnoma miqdori (ming soʻm) |
|
I. |
Bakalavriat |
|
|
- |
1-kurs talabalari |
29 428,00 |
35 642,56 |
- |
2-4-kurs talabalari |
23 740,00 |
31 814,56 |
- |
Bakalavriat xorijiy talabalar |
38 400,00 |
- |
- |
Bakalavriat xorijiy talabalar |
44 800,00 |
- |
II. |
Magistratura |
|
|
- |
Magistratura talabalari |
27 028,00 |
33 242,56 |
- |
Magistratura xorijiy talabalar (OʻRda doimiy yashash hujjatga ega) |
44 800,00 |
- |
- |
Magistratura xorijiy talabalar (viza) |
51 200,00 |
- |
Sana: | 28.07.2024 |
Ko'rganlar soni: | 5253 |
Ulashish: |