Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Ayollar tashqi migratsiyasi: muammo va uning yechimi” mavzusida konferensiya o‘tkazildi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Ayollar tashqi migratsiyasi: muammo va uning yechimi” mavzusida konferensiya o‘tkazildi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Ayollar tashqi migratsiyasi: muammo va uning yechimi” mavzusida konferensiya o‘tkazildi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Ayollar tashqi migratsiyasi: muammo va uning yechimi” mavzusida konferensiya o‘tkazildi

    Joriy yilning 31-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamkorligida “Ayollar tashqi migratsiyasi: muammo va uning yechimi” mavzusida konferensiya boʻlib oʻtdi.

    Ushbu nufuzli konferensiyada Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi oʻrinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Sodiq Safoyev, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oʻrinbosari Svetlana Оrtiqova, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi raisi Malika Qodirxonova, Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari – Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi Nodira Umarova, Tashqi ishlar vazirligi Kadrlar va ta’lim muassasalari boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Shaydogul Zakirova, masʼul vazirlik va idoralar vakillari, universitet professor-oʻqituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.

    Dastlab konferensiyani kirish soʻzi bilan ochib bergan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Sodiq Safoyev Oʻzbekistonda yoshlar va xotin-qizlar bilan bogʻliq muammolar, jinoyatlar, ularning odam savdosi va ekstremizm toʻriga tushib qolishi koʻp hollarda tashqi mehnat migratsiyasi bilan bogʻliqligi hamda inson huquqlarini himoya qilishda koʻproq ayollarning taʼlim olishi, siyosiy hayotdagi ishtiroki, zoʻravonlikdan himoyalanishiga eʼtibor qaratish zarurligini taʼkidladi.

    Konferensiyani olib borishda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professori, siyosiy fanlar doktori Eʼtibor Sultanova moderatorlik qildi. Anjumanda: “Xotin-qizlarning xorijga chiqishi sabablari, ularning tahlili va tasnifi, vujudga kelayotgan muammolar va ularning yechimi”, “Migratsiyaga ketgan ayollarni Ichki ishlar organlari tomonidan nazorati”, “Gender tenglikni taʼminlashda xotin-qizlarga qaratilayotgan eʼtibor nimalardan iborat boʻlishi kerak?”, “Men qanday qilib xorijiy davlatda zoʻravonlikka uchradim va ogʻir vaziyatdan chiqib ketishga erishdim”, “Xorijiy davlatlarda ogʻir vaziyatlarga va zoʻravonlikka uchrab qolishining oldini olish: Xotin-qizlar xorijga chiqishda ahamiyat qaratishi lozim boʻlgan faktlar” kabi mavzularda ma’ruzalar eshitildi.

    Tadbirda ishtirok etgan mutaxassislar hamda nodavlat notijorat tashkilot va fuqarolik jamiyati institut vakillar tomonidan xotin-qizlarning xorijga chiqishi sabablari, ularning tahlili va tasnifi, vujudga kelayotgan muammolar va ularning yechimi boʻyicha xulosalar hamda fikr-mulohazalar bildirdilar.