Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida yangi o‘quv yili boshlandi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida yangi o‘quv yili boshlandi
Joriy yilning 4-sentabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostidagi 1-kurs maktabi badiiy-ma’rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o’rinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Sodiq Safoyev so‘zga chiqib, yangi o‘quv yili boshlanishi bilan talabalikka tavsiya etilgan yoshlarni, ularning ota-onalarini tabrikladi.
Shuningdek, tadbirda milliy va xalqaro nufuzli tashkilot rahbarlari tashrif buyurishib, talaba yoshlarga o‘z tilaklarini yo‘llashdi. Shundan so‘ng, universitetga davlat granti hamda eng yuqori ball to‘plab o‘qishga qabul qilingan 1-bosqich talabalari ham nutq so‘zlab, o‘z fikrlarini bayon etishdi.
Tadbir yuqori saviyada, ko‘tarinki shukuhda bo‘lib o‘tdi.