JIDUda Amerika Qoʻshma Shtatlari, Kanada va Braziliyadagi Oʻzbekiston Respublikasining elchisi bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi
JIDUda Amerika Qoʻshma Shtatlari, Kanada va Braziliyadagi Oʻzbekiston Respublikasining elchisi bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 28-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Amerika Qoʻshma Shtatlari, Kanada va Braziliyadagi Oʻzbekiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor elchisi Furqat Sidikov hamda JIDU vakillari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv davomida Oʻquv ishlari boʻyicha birinchi prorektor Akram Umarov AQShning yetakchi taʼlim muassasalari bilan oʻzaro manfaatli akademik hamkorlikni oʻrganish va oʻrnatish muhimligini taʼkidladi.
O‘z navbatida, F.Sidikov, elchixona faoliyati va soʻnggi vaqtlarda amalga oshirilgan islohotlar haqida maʼlumot berdi. Jumladan, uchrashuv ishtirokchilariga, bakalavriat va magistratura talabalari uchun qoʻshimcha Amerika universitetlari va qoʻshma diplom dasturlarining ochilishi haqida maʼlumot berildi. Shuningdek, yetakchi oliy taʼlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan qoʻshma ilmiy-tadqiqot loyihalari va grantlar, shuningdek, yozgi maktablarni tashkil etish istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida tadqiqot loyihalari va akademik almashuv dasturlarini qoʻllab-quvvatlaydigan jamgʻarmalar boʻyicha maʼlumot almashinuvi oʻtkazildi hamda akademik maqolalar va loyihalar yozish boʻyicha onlayn kurslarni tashkil etish muhimligini taʼkidladi, bu esa ushbu hujjatlarning jahon standartlariga mos boʻlishini taʼminlashga xizmat qiladi.
Sana: | 28.11.2024 |
Ko'rganlar soni: | 39 |
Ulashish: |