JIDUda koreys alifbosining tug‘ilgan kuni nishonlandi
JIDUda koreys alifbosining tug‘ilgan kuni nishonlandi
Joriy yilning 9-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida koreys yozuvi yaratilgan kunga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.
Koreys tilini o'rganayotgan talabalar Koreya Respublikasining boy tarixi va madaniyati bilan tanishish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Koreys tili o'qituvchilari tadbir ishtirokchilarini mamlakat milliy madaniyati va adabiyoti bilan tanishtirdilar.
Shuni ta'kidlash joizki, har yili shu kuni Koreya Respublikasida "Hangul" koreys yozuvi bayrami nishonlanadi. U XV asrda ishlab chiqilgan koreys yozuvini yaratish va rivojlantirishga bag'ishlangan.