
JIDU o‘qituvchilari va talabalari “Yashil makon” umummilliy loyihasida ishtirok etdilar
JIDU o‘qituvchilari va talabalari “Yashil makon” umummilliy loyihasida ishtirok etdilar

Joriy yilning 25-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti o’qituvchilari va talabalari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “Respublikada koʻkalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari” to’g’risidagi farmonida belgilangan “Yashil makon” umummilliy loyihasida ishtirok etdilar.
Shaharlarda o’rtacha havo haroratini normallashtirish, CO2 emissiyasini qisqartirish, toza havo indeksini yaxshilash maqsadida daraxtlar sonini ko’paytirish Birlashgan Millatlar Tashkilotining Atrof-muhit dasturi (UNEP)da ham ta’kidlab o’tilgan.
Toshkent vaqti bilan 10:30da Yashil makon loyihasiga start berildi, jami loyihada 10 nafar universitet professor-o’qituvchilari, texnik xodimlari va uch fakultetdan 100dan ortiq talabalar ishtirok etishdi. Universitetimizning asosiy kirish darvozasi oldidagi yashil maydonda jami 100 tup daraxt ekildi.
Loyiha natijasida talabalar atrof-muhit muhofazasi Yurtimizda davlat siyosati darajasidagi masala ekanligiga amin bo’ldilar va har birimiz ko’kalamzorlashtirish va tabiatni asrash uchun o’z hissamizni qo’shishimizni mumkinligiga amaliyotda guvoh bo’ldilar.