JIDUda “Fotojurnalistika, kasb, ishtiyoq, dunyoni shakllantirayotgan tarixning birinchi qatori” mavzusida ma’ruza bo‘lib o‘tdi
JIDUda “Fotojurnalistika, kasb, ishtiyoq, dunyoni shakllantirayotgan tarixning birinchi qatori” mavzusida ma’ruza bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 9 oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Fotojurnalistika, kasb, ishtiyoq, dunyoni shakllantirayotgan tarixning birinchi qatori!” mavzusida Phil & Elaine Pasquini ma’ruza qilishdi.
Ma’ruza davomida Fil Paskini zamonaviy dunyoda fotojurnalistikaning ahamiyatini tushuntirib, ushbu soha bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan yoshlarga kerakli ma’lumotlarni taqdim etdi. Uning fikricha, fotomuxbirlar o‘z suratlarida qo‘llab-quvvatlayotgan tomonni emas, haqiqatni ko‘rsatishi kerak.
Bundan tashqari, talabalar ma’ruzachining fotosuratlarini ko'rish va ular olingan vaziyatlarni muhokama qilish imkoniga ega bo'ldilar. Shuningdek, suratga olish jarayoni va suratga olish uchun to‘g‘ri vaqtni tanlash ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Ma’ruza yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.