Tugʻilgan kuningiz muborak boʻlsin, Georgiy Surenovich!
Tugʻilgan kuningiz muborak boʻlsin, Georgiy Surenovich!
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti jamoasi dotsent, iqtisod fanlari nomzodi, hurmatli ustoz Georgiy Surenovich Toniyantsni 70 yoshga to‘lishi bilan tabriklaydi!
Georgiy Toniyants dastlab Jahon iqtisodiyoti kafedrasida faoliyat olib borgan holda Universitet tashkil etilishining boshida turdi. Keyin 1997-yildan 2014-yilgacha Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi mudiri, kafedra professori bo‘ldi. JIDUda ishlagan yillar davomida Georgiy Toniyants o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, xalqaro darajadagi mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirishga katta hissa qo‘shdi. Universitetdagi faoliyati davomida O‘zbekiston va xorijda o‘tkazilgan ilmiy anjumanlarda monografiya va o‘quv qo‘llanmalar, ilmiy maqolalar, ma’ruza tezislari tayyorlagan va nashr ettirdi.
Mehnatsevarlik, ilmiy qiziqishlarining kengligi, yuksak pedagogik iste’dod orqali Georgiy Toniyants hamkasblari va shogirdlari orasida chuqur hurmat qozondi.
Hurmatli Georgiy Surenovich, yubiley 70 yoshingiz bilan mustahkam sog’lik, yangi tuganmas kuch, oilaviy farovonlik va yangi ijodiy muvaffaqiyatlar tilab, samimiy tabrigimizni qabul qiling!
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti xodimlari