Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida AQSh senatori Stiven Deyns bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida AQSh senatori Stiven Deyns bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 28-mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida AQSH Kongressi Milliy Respublikachilar Senati qoʻmitasi raisi Stiven Deyns bilan professor-oʻqituvchilar va talabalar oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, JIDU rektori Sodiq Safoyev oliy martabali amerikalik mehmonni qutlar ekan, uning tashrifi muhimligini ta’kidlab, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik kengayib borayotganidan dalolat berdi.
O‘z navbatida S.Deyns O‘zbekiston-AQSh munosabatlarining istiqboli katta ekanini ta’kidladi. U JIDU va Montana universiteti va boshqa ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi, shuningdek, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshida Amerika tadqiqotlari markazi ochilishini olqishladi.
Uchrashuv yakunida senator S.Deyns talabalarning savollariga atroflicha javob berdi va O‘zbekistonda bo‘lganida ko‘rsatilgan samimiy qabul uchun minnatdorchilik bildirdi.