Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Yetakchilik va korporativ madaniyatni rivojlantirish” o‘quv dasturi bo‘lib o‘tdi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Yetakchilik va korporativ madaniyatni rivojlantirish” o‘quv dasturi bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 23-25-aprel kunlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida JIDU Executive Education fakulteti tomonidan Senteo (AQSh) konsalting kompaniyasi bilan hamkorlikda “Yetakchilik va korporativ madaniyatni rivojlantirish” ta’lim dasturi bo’lib o’tdi.
Unda davlat ulushiga ega bo‘lgan islohot va faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan korxonalarning rahbar va mutaxassislari ishtirok etdi.
Dastur tinglovchilarda korporativ madaniyatning harakatlantiruvchi kuchlari va mexanizmlari, muvaffaqiyat va o‘sishga erishish uchun tashkiliy madaniyatni loyihalash va rivojlantirish usullari to‘g‘risida tizimli tushunchalarni rivojlantirishga qaratilgan. Dastur korporativ madaniyat elementlari, yetakchilik uslublari va korporativ madaniyatni boshqarish evolyutsiyasini ilg‘or xalqaro tajribalar asosida tanishtirdi.
Darslarni Senteo bosh direktori Maykl Rakman olib boradi. U xalqaro kompaniyalarda, shuningdek menejment-konsalting sohasida ko‘p yillik amaliy tajribaga ega. Rakman muntazam ravishda dunyoning etakchi universitetlarida shunga o‘xshash dasturlarni olib boradi.
Dastur doirasida O‘zbekistonning xususiyatlarini inobatga olgan holda real xalqaro amaliyotdan misollar (keyslar) bilan interfaol seminarlar va muhokamalar o‘tkazildi.
Ushbu ta’lim dasturi O‘zbekiston hukumati tomonidan davlat ishtirokida korxonalarni isloh qilish bo‘yicha keng ko‘lamli dastur amalga oshirilayotgani bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Xalqaro tajriba shuni ko'rsatadiki, korporativ madaniyatni o'zgartirish jarayonlari va yetakchilik asoslarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun tayyorgarlik, loyihalash, amalga oshirish va boshqarishda innovatsion yondashuvlar talab etiladi.
Ma’lumot uchun. Executive Education fakultetining asosiy vazifalari yetakchi xorijiy universitetlar va kompaniyalar bilan hamkorlikda eng yangi texnologiyalar va ilg‘or xalqaro tajribani jalb etish orqali davlat muassasalari, iqtisodiy tuzilmalar va tadbirkorlarning boshqaruv bo'g'inini zamonaviy boshqaruv usullariga o'rgatishdan iborat.
Senteo konsalting kompaniyasi strategiya va menejment, korporativ madaniyatni rivojlantirish va transformatsiyaga ixtisoslashgan. Senteo mijozlari ro‘yxatiga IBM, Renault, IKEA, Telefonica, Wembley, Vodafone, Barclays, UBS, Alfa-bank, BNP-Paribas, Citibank, Megafon, Gruziya Adliya vazirligi va boshqalar kiradi.
Sana: | 25.04.2024 |
Ko'rganlar soni: | 2314 |
Ulashish: |