Energetika diplomatiyasi va geosiyosat markazi Jahon bankining xalqaro seminarida ishtirok etmoqda
Energetika diplomatiyasi va geosiyosat markazi Jahon bankining xalqaro seminarida ishtirok etmoqda
Joriy yilning 23 sentabrdan boshlab energetika diplomatiyasi va geosiyosat markazi delegatsiyasi Jahon bankining Osloda (Norvegiya) bo'lib o'tayotgan seminarida ishtirok etmoqda.
Tadbir Markaziy Osiyoda mintaqaviy elektr energiyasi bozorini rivojlantirish loyihasi doirasida o'tkazilmoqda.
Seminar davomida ishtirokchilar qayta tiklanadigan energiya integratsiyasi va energiya tizimlarining moslashuvchanligini ta'minlash mexanizmlarini o'rganadilar. Ushbu yondashuvlarni mintaqamiz sharoitida qo'llash imkoniyatlari muhokama qilinadi.
Seminar 27 sentyabrgacha davom etadi. Bu hamkorlikni mustahkamlash va mintaqaviy energiya bozorining barqaror rivojlanishiga yordam beradigan tajriba almashish va yechimlarni ishlab chiqish uchun muhim platformaga aylandi.
Ma'lumot uchun. Energetika diplomatiyasi va geosiyosat markazi JIDU huzuridagi Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar institutining (IXTI) 9 ta markazlaridan biridir. Markaz jamoasi xususiy va davlat sektorlarida, shuningdek xalqaro tashkilotlarda tajribaga ega bo'lgan mutaxassislardan iborat bo'lib, mintaqa bo'yicha dolzarb ma'lumotlarga ega va keyingi siyosiy qarorlarni ishlab chiqish uchun strategik g'oyalar va axborot-tahliliy asoslarni taqdim etadi.
Sana: | 25.09.2024 |
Ko'rganlar soni: | 521 |
Ulashish: |