“Yosh diplomatlar sammiti” ishtirokchilari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga tashrif buyurishdi
“Yosh diplomatlar sammiti” ishtirokchilari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga tashrif buyurishdi
Joriy yilning 29-iyun kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga Samarqand shahrida tashkil etilgan “Butunjahon yoshlari festivali” doirasida o‘tkazilayotgan “Yosh diplomatlar sammiti” ishtirokchilari tashrif buyurishdi.
Dunyoning turli davlatlaridan kelgan yosh avlod vakillarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari, JIDU rektori Sodiq Safoyev kutib oldi va O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilayotgan sammit ishtirokchilarini yoshlar yetakchilari hamkorligini mustahkamlashda muhim platformaga aylangani bilan tabrikladi.
S.Safoyev yosh diplomatlarga mamlakatimizning yoshlarga oid davlat siyosati, uning navqiron avlod va O‘zbekiston kelajagi uchun katta ahamiyati haqida so‘zlab berdi.
Tadbir doirasida mehmonlarga JIDU faoliyati, uning fakultetlari, Talabalar kengashi haqida taqdimotlar taqdim etildi.
Uchrashuv ishtirokchilari o‘zlarining erishgan yutuqlari bilan o‘rtoqlashdilar, o‘z fikr va istaklarini bildirib o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Ma’lumot uchun: “Yosh diplomatlar sammiti”da dunyoning 40 ta davlatidan vakillar ishtirok etmoqda.