JIDU va Korean foundation hamkorlikni mustahkamlamoqda
JIDU va Korean foundation hamkorlikni mustahkamlamoqda
Joriy yilning 24 iyun kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Korean foundation (Koreya Respublikasi) prezidenti Kim Gheewhan boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, JIDU rektori Sodiq Safoyev mehmonlarni qutlar ekan, O‘zbekiston-Koreya ko‘p qirrali munosabatlari yuksak dinamikasida borayotganini alohida ta’kidladi. Shuningdek, jamg‘arma tomonidan JIDU qoshidagi Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “O‘zbekiston-Koreya munosabatlari: o‘tmishi, bugungi va global muammolar kontekstidagi istiqbollari” loyihasi muvaffaqiyatini alohida ta’kidladi.
Korean foundation prezidenti Kim Gheewhan, o‘z navbatida, Markaziy Osiyo, jumladan O‘zbekiston Korea Respublikasi uchun muhim mintaqa ekanligini ta’kidlab, kelajakda qo’shma tadqiqotlar va Mintaqaviy xalqaro forumlarni hamkorlikda amalga oshirishni taklif qildi.
Uchrashuvda JIDU talabalari uchun Koreya Respublikasida koreys tili kurslarini tashkil etish uchun grantlar ajratish imkoniyatlari ham muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida, tomonlar O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi loyihalarni amalga oshirish ikki davlat o‘rtasidagi fan, madaniy-gumanitar va oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga xizmat qilishini ta’kidlashdi.