JIDUga Bolgariyaning O‘zbekistondagi Muvaqqat ishlar vakili boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi
JIDUga Bolgariyaning O‘zbekistondagi Muvaqqat ishlar vakili boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi
Joriy yilning 19-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Bolgariyaning O‘zbekistondagi Muvaqqat ishlar vakili S. Rusinova, Agrobiznes va hududlar taraqqiyoti universiteti rektori maslahatchisi – “Iqtisod va menejment” dasturi bosh assistenti V. Marinova va ushbu universitetning “HORIZON” dasturi mutaxassisi M. Borisova bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda Bolgariya tomoniga JIDU faoliyati va ta’lim jarayonining asosiy yo‘nalishlari, shuningdek, Universitetning ilmiy salohiyati, amalga oshirilgan loyihalar yuzasidan ma’lumot berildi.
O‘z navbatida, Agrobiznes va hududlar taraqqiyoti universiteti vakili V. Marinova ta’lim muassasasi to‘g‘risida ma’lumot berar ekan, OTM “Invest” Yevropa Universitetlari Alliansi a’zosi ekani, baqraror rivojlanish yo‘nalishida bir qator tadqiqot loyihalarini amalga oshirayotganiga urg‘u berdi. Shuningdek, qo‘shma tadqiqotlar va ilmiy konferensiyalar o‘tkazish, talabalar almashinuvini amalga oshirish hamda ERASMUS+ dasturi loyihalariga hamkorlikda ariza topshirish imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Bolgariya vakillari JIDU bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qiziqish bildirdi. Tomonlar aloqalarni muntazam ravishda yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar.
Ma’lumot uchun: Agrobiznes va hududlar taraqqiyoti universiteti 1992-yilda Bolgariya Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq tashkil topgan. Menejment, iqtisod va turizm sohasida mamlakatda eng katta xususiy universitetlardan biri bo‘lib, 4000 dan ortiq talaba tahsil oladi.