Markaziy Osiyo sun’iy intellekt assotsiatsiyasi raisi V.Norov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Markaziy Osiyo sun’iy intellekt assotsiatsiyasi raisi V.Norov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 30-mart kuni “Soft power diplomacy researchers” klubi tashabbusi bilan taniqli diplomat, Markaziy Osiyo sun’iy intellekt assotsiatsiyasi (AICA) raisi Vladimir Imamovich Norov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda universitet rahbarlari, JIDU professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda V.Norov oʻzining diplomatik faoliyatidagi tajribasi va sun’iy intellekt tendensiyalari haqida qimmatli ma’lumotlarini ulashdi. Tadbir ishtirokchilari Oʻzbekistonning “yumshoq kuch” siyosati va boshqa koʻplab savollarga javob olishdi.
Uchrashuv yakunida AICA va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti oʻrtasida Memorandum imzolanishiga kelishib olindi.