JIDUda britaniyalik mashhur fotograf Piter Sanders bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    Joriy yilning 7-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida JIDU Xalqaro munosabatlar fakulteti tomonidan “Bukhari Creative Group” jamoasi bilan hamkorlikda Britaniyaning mashhur fotografi Piter Sanders bilan uchrashuv tashkil etildi.

    JIDU professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etgan uchrashuv ochiq muloqot tarzida bo‘lib o‘tdi.

    Dunyoga mashhur fotograf o‘zining ijodiy yo‘li, faoliyatining asosiy bosqichlari va ustida ishlagan loyihalari haqida gapirib, talabalarning savollariga javob berdi.

    Uchrashuv xalqaro munosabatlarni rivojlantirishda madaniy diplomatiyaning muhim vositasi sifatida “yumshoq kuch”dan samarali foydalanish uchun yana bir media-kanaldir.

    Ta’kidlash joizki, Piter Sandersning ijodi Bob Dilan, Rolling Stones va Jimi Xendriks kabi mashhurlarni suratga olishdan boshlangan. Uning ishini Angliya qiroli Charlz, Dalay Lama va Dubay amiri Muhammad bin Rashid Al Maktum tan olgan.

    O‘z ijodi tufayli u nafaqat ko‘plab musulmon mamlakatlarida tan olingan, balki islom olamining eng yaxshi 500 ta “nufuzli shaxslari” qatoridan joy olgan.