JIDUda talabalar teatr studiyasi tomonidan “Yevgeniy Onegin” asari sahnalashtirildi

JIDUda talabalar teatr studiyasi tomonidan “Yevgeniy Onegin” asari sahnalashtirildi

    JIDUda talabalar teatr studiyasi tomonidan “Yevgeniy Onegin” asari sahnalashtirildi

    JIDUda talabalar teatr studiyasi tomonidan “Yevgeniy Onegin” asari sahnalashtirildi

    Talabalarning darsdan tashqari vaqtlarini unumli tashkil qilish, ularni oʻz qiziqishlari doirasida turli toʻgaraklarga jalb qilish, yoshlarning har tomonlama yetuk shaxs sifatida shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Prezidentimiz Sh.М.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan Besh tashabbus doirasida mamlakatimizda yosh avlodning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, ularning iste’dodlarini yuzaga chiqarishga alohida e’tibor qaratilgan.

    Xususan, joriy yilning 21-dekabr sanasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Diplomat” talabalar ijodiy teatr studiyasi tomonidan tayyorlangan rus adabiyotidagi mumtoz durdona asar - A.S.Pushkinning “Yevgeniy Onegin” spektakli ingliz tilida namoyish etildi. Ushbu teatr studiyasi Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti ingliz tili kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan tashkil qilingan. Jamoa a’zolari bir necha yillardan buyon Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalar ijodiy teatr studiyalari oʻrtasida oʻtkazilgan koʻrik-tanlovlarda ishtirok etib, faxrli oʻrinlarni egallab kelmoqdalar.

    Tadbirda JIDU Besh muhim tashabbus markazi rahbari Shohida Shakirova, ingliz tili kafedrasining barcha professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdilar. Mazkur spektakl yoshlarni san’atga muhabbat ruhida tarbiyalash va ma’naviy kamolotga yo‘naltirish, ularga o‘z imkoniyatlarini namoyish qilish uchun sharoit yaratish maqsadida tashkil etildi. Spektakl yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi. Ayniqsa, talabalar tomonidan mahorat bilan ijro etilgan har bir rol tengdoshlarining olqishlariga sazovor bo‘ldi. Talabalarning ushbu shoh asarni ingliz tilida sahnada ijro etganlari esa alohida tahsinga sazovordir.

    Ta’kidlash joizki, bugungi kunda oliy oʻquv yurtlari huzurida faoliyat yuritayotgan teatr studiyalari ham mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini taʼminlash, shuningdek, yuksak maʼnaviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta oʻzlashtirgan har tomonlama sogʻlom hamda barkamol avlodni voyaga yetkazishga yonaltirilgan davlat siyosatini izchil amalga oshirishda muhim oʻrin egallaydi.