Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Meng Zhi Yan (Beijing) Technology Co, LTD kompaniyasi prezidenti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Meng Zhi Yan (Beijing) Technology Co, LTD kompaniyasi prezidenti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 24-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Meng Zhi Yan (XXR, Pekin) Technology Co, LTD kompaniyasi prezidenti Liu Yongjiang boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mehmonlarni JIDU o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Durbek Amanov kutib oldi.
Uchrashuv davomida tomonlar Xitoy universitetlari va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti o‘rtasida almashinuv va aloqalar bo‘yicha qator kelishuvlarga erishdilar.
Ta’kidlash joizki, Meng Zhi Yan (Beijing) Technology CO, LTD Buyuk Britaniya, AQSh, Avstraliya, Kanada, Janubiy Koreya, Frantsiya, Malayziya va boshqa mamlakatlarda chet elda yuqori darajadagi ta'limni tashkil etish, chet el universitetlarining bakalavriat va magistratura bosqichlariga tayyorgarlik ko‘rish va Xitoy universitetlarida talabalarni xalqaro qo‘llab-quvvatlash xizmatlarini ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi.