
Ota-onalar bilan ochiq muloqot oʻtkazildi
Ota-onalar bilan ochiq muloqot oʻtkazildi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 1-bosqichga qabul qilingan talabalarning ota-onalari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Muloqot davomida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori O.Yusufjonov ota-onalarga ta’lim dasturi va universitetda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida batafsil maʼlumot berdi.
Suhbatda barcha ota-onalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi hamda universitetda rejalashtirilayotgan keyingi istiqbolli o‘zgarishlar haqida taqdimot bilan tanishishdi.