JIDU rektori Yevropa Ittifoqi elchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

JIDU rektori Yevropa Ittifoqi elchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    JIDU rektori Yevropa Ittifoqi elchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    JIDU rektori Yevropa Ittifoqi elchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    Joriy yilning 13-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Toivo Klaar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirda Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, JIDU rektori Sodiq Safoyev, o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektor Akram Umarov hamda ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Gulnoza Ismailovalar ishtirok etdi.

    Uchrashuvda tomonlar ilmiy va taʼlim dasturlari sohasidagi hamkorlikning asosiy jihatlarini, shuningdek, Oʻzbekiston va Yevropa taʼlim muassasalari oʻrtasidagi hamkorlikni faollashtirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

    Yevropa ittifoqi elchisi T.Klaar bunday hamkorlik qo‘shma tashabbuslar va tajriba almashish uchun yangi ufqlarni ochishini ta’kidladi.

    Uchrashuv ishtirokchilari, ayniqsa, JIDUning Yevropaning yetakchi universitetlari bilan akademik dasturlar va ilmiy loyihalarni ishlab chiqishga yo‘naltirilgan hamkorligini kengaytirish istiqbollariga e’tibor qaratdilar.

    Elchi, shuningdek, O‘zbekistonda parlament saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va uni muvaffaqiyatli o‘tkazish darajasini yuqori baholab, uning mamlakatimizda demokratik jarayonlarni mustahkamlash va xalqaro maydondagi nufuzini oshirishdagi ahamiyatini ta’kidladi.

    JIDU rahbariyati va Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi diplomatik missiyasi rahbari o‘rtasidagi uchrashuv O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasidagi aloqalarni chuqurlashtirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.