Koreys tilidan notiqlik san’ati tanlovi gʻoliblari aniqlandi

Koreys tilidan notiqlik san’ati tanlovi gʻoliblari aniqlandi

    Koreys tilidan notiqlik san’ati tanlovi gʻoliblari aniqlandi

    Koreys tilidan notiqlik san’ati tanlovi gʻoliblari aniqlandi

    Joriy yilning 11-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida koreys tilida notiqlik bellashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Sharq tillari kafedrasi tomonidan tashkil etildi.

    Tanlovda universitetning koreys tilini o‘rganayotgan 2-3-bosqich talabalari ishtirok etishdi. Hakamlar hay’ati tarkibi quyidagicha: KOICAning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi direktori o‘rinbosari janob SO WANSU, Koreyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Elchixonasi qoshidagi Ta’lim markazi direktori janob PANG CHU MAN, JUNG JAEWONG Ta’lim markazi direktori o‘rinbosari va KOICA ko‘ngillilari.

    Tanlovdan ko‘zlangan maqsad koreys tilida notiqlik mahoratini oshirishdan iborat.

    Tanlovning barcha ishtirokchilari Koreyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Elchixonasi qoshidagi Ta’lim markazi tomonidan taqdim etilgan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.