Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi
Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 6-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Talabalar birinchi navbatda davlatning Bosh Qomusi va uning vazifalari haqida qisqacha videorolikni tomosha qildilar.
Tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor O.Yusufjonov ham so‘zga chiqib, tadbirni ochib berdi.
– O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida adolat, haqiqat, e’tiqod, olijanoblik, saxovat va xushmuomalalik kabi ulug‘ tuyg‘ular o‘zining munosib o‘rnini egallaydi, – dedi u.
So‘ngra Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakultetining iqtidorli talabasi Jasurbek Usmonqulov “Vatan” qo‘shig‘ini yig‘ilganlar oldida ijro etdi.
Xalqaro huquq fakulteti 1-bosqich talabalari o‘zlarining qisqa chiqishlarida Konstitutsiyaga kiritilgan yangilik va o‘zgartirishlar haqida qanday ma’ruzalar olib, atroflicha tushuntirganliklarini alohida ta’kidlash joiz.
Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asoslari, tarixi va o‘zgarishlari haqida talabalar o‘rtasida ham so‘rovnoma o‘tkazilib, talabalar ko‘plab yangi foydali ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.