JIDU talabalari Ashxobodda bo‘lib o‘tgan “Xalqaro munosabatlar: Tinch muloqot madaniyati” tanlovida ishtirok etishdi
JIDU talabalari Ashxobodda bo‘lib o‘tgan “Xalqaro munosabatlar: Tinch muloqot madaniyati” tanlovida ishtirok etishdi
Joriy yilning 22-25-may kunlari Ashxobod shahrida (Turkmaniston) Markaziy Osiyo mamlakatlari, Kaspiybo‘yi davlatlari, Turkiya Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi (jami 9 mamlakat) oliy o‘quv yurtlari talabalari va magistrantlari ishtirokida “Xalqaro munosabatlar: tinch muloqot madaniyati” xalqaro tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda 250 nafar talaba, shu jumladan, 8 mamlakatdan 44 nafar talaba ishtirok etdi, qolganlari Turkmanistonning 22 ta oliy o‘quv yurtlari nomidan qatnashdi. Eron va Tojikistonning xorijiy ishtirokchilaridan ikki oliy o‘quv yurti, O'zbekiston – Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro munosabatlar fakultetining 3-bosqich talabalari ishtirok etdi.
Musobaqa uch bosqichdan iborat bo‘ldi: 30 ta savoldan iborat test, 5 ta topshiriqdan iborat yozma ish va 5-10 ta vazifalarni o‘z ichiga olgan jamoaviy musobaqa, xalqaro munosabatlarda matematik usullarni qo‘llash, matematik modellashtirish, ekonometriya, logistika va boshqalar.
Har bir mamlakatdan faqat bitta ishtirokchi diplom, medal va esdalik sovg‘asi - kompyuter bilan taqdirlandi. O‘zbekiston JIDU jamoasi orasidan Xalqaro munosabatlar fakultetining 3-bosqich talabasi Guli Nizomova g‘olib bo‘ldi.
Yosh ziyolilarning mazkur tanlovi Turkmaniston tashabbusi bilan 2024-yil mart oyida qabul qilingan BMT Bosh Assambleyasining 2025-yilni Xalqaro tinchlik va ishonch yili deb e’lon qilish to‘g‘risidagi rezolyutsiyasida aks etgan g‘oya va tamoyillarni qo‘llab-quvvatlash kontekstidagi ilk tadbirlardan biridir.