
JIDUda “Global jarayonlarning yangi voqeliklarida O‘zbekiston Respublikasining barqaror rivojlanishini ta’minlash” xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi
JIDUda “Global jarayonlarning yangi voqeliklarida O‘zbekiston Respublikasining barqaror rivojlanishini ta’minlash” xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 7-iyun kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Global jarayonlarning yangi voqeliklarida O‘zbekiston Respublikasining barqaror rivojlanishini ta’minlash” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Uning ishida JIDU vakillaridan tashqari, xorijiy va mahalliy oliy o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari olimlari ishtirok etdi.
Anjumanda rivojlanayotgan global jarayonlar sharoitida barqaror rivojlanish bilan bog‘liq muammolar va imkoniyatlar muhokama qilindi.
Asosiy sessiyadan soʻng quyidagi mavzular boʻyicha 5 ta parallel sessiyalar boʻlib oʻtdi:
- Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va raqamlashtirish sharoitida iqtisodiy o'sish va aholi farovonligini ta'minlashning institutsional, iqtisodiy va ijtimoiy vektorlari;
- Samarali boshqaruv va barqaror rivojlanish strategiyalari;
- Geoiqtisodiyotning parchalanishi: prognozlar va xavflar;
- Yashil iqtisodiyotga o'tish: imkoniyatlar va muammolar;
- Global muammolar kontekstida xalqaro hamkorlik.
Sana: | 10.06.2024 |
Ko'rganlar soni: | 3235 |
Ulashish: |