Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida sayyor sud majlisi boʻlib oʻtdi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida sayyor sud majlisi boʻlib oʻtdi
2023-yil 22-fevral kuni JIDUda Jinoyat ishlari boʻyicha Mirzo Ulugʻbek tuman sudi sudyalari S.Abduganiyev va M.Kukiyevlar raisligida sayyor sud majlisi boʻlib oʻtdi.
Sud jarayonida universitet prorektori O.Yusufjonov, Xalqaro munosabatlar fakulteti dekani muovini S.Ibadullayev va Xalqaro huquq fakulteti ikkinchi bosqich talabalari ishtirok etishdi.
Ta’lim jarayonida nazariya va amaliyot oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni ta’minlashga qaratilgan tadbir voqealarga boy boʻldi va talabalar butun sud jarayonni amalda baholay oldilar. Bu jarayonda sudya tinglovchilarga nazariyani oʻrganish jarayonida olgan bilimlarini namoyish etish imkoniyatini berdi. Ishning har bir qismiga sudyaning tushuntirish izohlari ilova qilindi. Hukm chiqarilishidan oldin sudya sud hukmi toʻgʻrisida tinglovchilarning fikrini soʻrashga qaror qildi. Jarayon yakunida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
Sana: | 22.02.2023 |
Ko'rganlar soni: | 2757 |
Ulashish: |