Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Frankofoniya bayrami nishonlandi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Frankofoniya bayrami nishonlandi
Joriy yilning 10-may kuni “Talabalar bahori” yoshlar festivali doirasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Frankofoniya bayrami” bo‘lib o‘tdi.
Fransuz tili va madaniyatiga bag‘ishlangan bayram tadbirida JIDU o‘qituvchi va talabalari bilan birga Fransiya elchixonasining madaniyat va hamkorlik bo‘yicha maslahatchisi Loran Oriol, ta’lim hamkorligi bo‘yicha mintaqaviy attashesi Serj Belinni, Belgiyaning O‘zbekistondagi sobiq faxriy konsuli Jan-Klod Bojan ishtirok etdilar.
Tadbir O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarga bag‘ishlangan film namoyishi bilan ochildi.
So‘ngra JIDU talabalari tomonidan tayyorlangan rang-barang madaniy dastur bo‘lib o‘tdi. Fransuz tilida mashhur qo‘shiqlar, taniqli shoir va nosirlar ijodidan parchalar yangradi, raqslar namoyish etildi.
JIDUda fransuz tili va madaniyati bayrami O‘zbekiston va Fransiya xalqlari o‘rtasida mustahkamlanib borayotgan do‘stlik va hamkorlik timsoliga aylandi.