Joriy yilning 28-sentabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Xon atlas” festivali boʻlib oʻtdi
Joriy yilning 28-sentabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Xon atlas” festivali boʻlib oʻtdi
Joriy yilning 28-sentabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida oʻzbek urf-odatlari va anʼanalariga asoslangan holda yosh avlod maʼnaviy tarbiyasini shakllantirish, madaniyatini yuksaltirish, estetik didini rivojlantirish, milliy mentalitetimizga mos liboslarni keng targʻib qilish maqsadida “Xon atlas” festivali doirasida tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirda taklif qilinganlardan Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisi O.Parpiboyeva, maslahatchi polkovnik M.Maxmudova, “Lider qizlar” kluubi a’zolari, Mirzo Ulug’bek mahalla vakillari, bitiruvchilar, universitet jamoasi va talabalar ishtirok etishdi.
Tadbir doirasida O‘zbek milliy liboslarini xalqimiz va jahon ahli orasida targ‘ib hamda tarannum etish, milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirish, o‘zbekona kiyinish madaniyatini namoyish etish, o‘zbek milliy liboslarini ommalashtirish, talaba-yoshlar va xalq orasida milliy qadriyatlarga hurmat va estetik didni shakllantirish, zamonaviy moda bilan uyg‘unlash tug’risida qizg’in suhbat bo’lib o’tdi.
Shuningdek, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisi O.Parpiboyeva oʻzbek qizlari va ayollari azal-azaldan betakror ibo-hayosi, donoligi va milliy liboslardagi goʻzalligi bilan dovrugʻ qozonganligi, atlas, adras, beqasam, shoyi kabi milliy matolardan tikilgan liboslar ayollarimiz husniga husn, koʻrkiga koʻrk qoʻshganligi haqida toʻxtalib oʻtdi.
Milliy liboslarimiz namoyishiga bagʻishlangan bunday tadbirlar yoshlarning milliy qadriyatlarimizga boʻlgan hurmatini yanada oshirishda, anʼanalarimizni qadrlashda muhim ahamiyat kasb etadi.